O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 19-23-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-10-19 09:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat foni iqlim me’yoriga mos bo‘ladi.
Hafta boshida havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqni, kunduz kunlari
20-25 daraja iliqni tashkil etadi. Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi, kechalari termometr ustuni 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati
23-25 darajani tashkil etadi, 21-22 oktabrda 20-22 darajagacha pasayadi.
20 oktabrga o‘tar kechasi harorat 10-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi,
biroq 22 oktyabga kelib, 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.
O‘zgidromet
2026-yil 19-oktabr
