DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-10-16 14:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari

16-18-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
16-18 oktabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 10-15 daraja, kunduz kunlari
22-27 daraja, shimoliy hududlarda 17-18 oktabrda kechalari 5-10 daraja,
kunduz kunlari 18-23 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda 16 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17-18 oktabrda ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda
qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda: bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati kechalari 12-14 daraja atrofida, kunduz kunlari 16 oktabrda 24-26 daraja, 17-18 oktabrda 22-24 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 16-oktabr
