O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 12-16-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-10-12 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun 12-oktabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm vilyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 18-21 daraja,
shimolda va janubda 23-26 daraja bo‘ladi.
Ertaga 13-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. 14-16 oktabrda respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 22-25 daraja, janubda 27-30 daraja bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 12-13-oktabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.
12-oktabr kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Harorat 19-21 daraja bo‘ladi.
13-16-oktabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari
12-15 daraja, kunduz kunlari 22-25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 12-oktabr
