O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 9-11-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-10-09 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

9-10-oktabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari 10-15 daraja, kunduz kunlari
25-27 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 29-32 darajagacha bo‘ladi.
10 oktabrda kechqurun respublikaning g‘arbiy hududlariga nam
havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
11 oktabr – yakshanba kuni nam havo massalari O‘zbekistonning qolgan hududlariga tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida cho‘l hududlarda va respublika janubida,
kechqurun markaziy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Ko‘pchilik viloyatlarda iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning
shimoli-g‘arbiy hududlarida harorat 18-23 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda 9-11 oktabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
11 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari
yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati kechalari 13-15 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 9-oktabr
