11-18-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-10-09 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 va 18 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12-17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 11 oktabrda 18-23°, 12-16 oktabrda 21-26° bo‘ladi, 17-18 oktabrda 17-22° gacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 oktabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir
yog‘adi. 13-18 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 oktabrda 10-15°, 13-18 oktabrda 8-13°, kunduzi 11 oktabrda 20-25°, 12 oktabrda 18-23° bo‘ladi, 13-18 oktabrda 22-27° gacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 oktabrda kechqurun ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 14-18 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 11 oktabrda 22-27°, 12 oktabrda 18-23°, 13-14 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 oktabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13-18 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 va 18 oktabrda 12-17°, 13-17 oktabrda 10-15° bo‘ladi, kunduzi 27-32° dan 23-28° gacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 va 14-18 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 oktabrda 12-17° bo‘ladi, 13-16 oktabrda 8-13° gacha pasayadi, 17-18 oktabrda 10-15° bo‘ladi, kunduzi 11 oktabrda 22-27°, 12-13 va 18 oktabrda 18-23°, 14-17 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 12 oktabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 oktabrda 5-10° iliq, 13-18 oktabrda 2-7° iliq, kunduzi 11 oktabrda 15-20°, 12 oktabrda 6-11°, 14-18 oktabrda 10-15° bo‘ladi.
