O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-9-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-10-05 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo haroratining yuqori qiymati 15-20 daraja bo‘ladi.
6-9 oktabrda respublika bo’yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 6-oktabrda kechasi 5-10 daraja, shimolda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo’ladi, 7-9-oktabrda asta-sekin kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 20-25 darajagacha ko’tariladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 oktabrda Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog’larda ba’zi joylarda yomg’ir qorga aylanishi mumkin. 6-9 oktabrda asosan yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona viloyatining tog’li hududlarida 8-9 oktabrda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi va ertaga 17-20 daraja bo’ladi, 7-9 oktabrda 22-25 darajagacha asta-sekin ko’tariladi.
Harorat kechasi 6-7 oktabrda 7-10 daraja bo’ladi, 8-9 oktabrda 12-15 darajagacha ko’tariladi.
O‘zgidromet
2026-yil 5-oktabr
