O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2-4-OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-10-02 11:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30 daraja, ba’zi joylarda 32 darajagacha, kechalari 13-18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2-3 oktabr kunlari, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida 3 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
4 oktabr – yakshanba kuni sovuq va nam havo massalari respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Farg‘ona vodiysida 4 oktabrda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, Surxondaryo viloyatida esa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
Shimoli-g‘arbiy hududlarda kunduzgi havo harorati 12-17 darajagacha pasayadi, respublikaning qolgan hududlarida esa 20-25 darajagacha bo‘lishi kuzatilib, keyinchalik kunning ikkinchi yarmida harorat pasayishi boshlanadi.
3-4 oktabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida chang-to‘zonlar bilan 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 25-27 daraja, ertaga 29-31 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
4-oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-14 m/s gacha kuchayadi,
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida 17-19 darajagacha pasayadi.
O‘zgidromet
2026-yil 2-oktabr
