4-11-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-10-02 11:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 5-7 va 10-11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 9-14° dan 2-7° iliqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 4-5 oktabrda 12-17° bo‘ladi, 6-11 oktabrda 20-25° gacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 5-7 va 10-11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20° dan 3-8° iliqqacha, kunduzi 20-25° dan 14-19° gacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 6-7 va 11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-10 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° dan 5-10° gacha, kunduzi 20-25° dan 15-20° gacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 6-8 va 11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° dan 7-12° gacha, kunduzi 28-33° dan 18-23° gacha o‘zgarib turadi.
SURXONDARYO VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 va 9-10 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20° dan 7-12° gacha, kunduzi 28-33° dan 18-23° gacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 oktabrda kechqurun va 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6-8 va 11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18° dan 5-10° gacha, kunduzi 22-27° dan 15-20° gacha o‘zgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 6-7 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-11 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° dan 3-8° iliqqacha, kunduzi 17-22° dan 8-13° gacha o‘zgarib turadi.
