4-7-OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-10-02 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 5-7-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 4-oktabrda 9-14°, 5-6-oktabrda 2-7° iliq, 7 oktabrda 3-8° iliq, kunduzi 4-5 oktabrda 12-17°, 6 oktabrda 15-20°, 7 oktabrda 16-21° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 5-7 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 4 oktabrda kechasi 15-20°, kunduzi 18-23°; 5 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 14-19°; 6 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22°; 7 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5-oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 6-7-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-oktabrda 15-20° bo’ladi, 5-7-oktabrda 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 4-oktabrda 20-25°, 5 oktabrda 15-20°, 6-7-oktabrda 18-23° bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, 6-7 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 oktabrda 15-20° bo’ladi, 5-7 oktabrda 7-12° gacha pasayadi, kunduzi 4 oktabrda 28-33°, 5 oktabrda 18-23°, 6 oktabrda 20-25°, 7 oktabrda 23-28° bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 oktabrda 15-20° bo’ladi, 5-7 oktabrda 7-12° gacha pasayadi, kunduzi 4 oktabrda 28-33°, 5 oktabrda 18-23°, 6 oktabrda 20-25°, 7 oktabrda 23-28° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4 oktabrda kechqurun va 5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6-7 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 oktabrda 13-18° bo’ladi, 5-7 oktabrda 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 4 oktabrda 22-27°, 5-6 oktabrda 15-20°, 7 oktabrda 17-22° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 6-7 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° dan 3-8° iliqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 4-oktabrda 17-22° bo‘ladi, 5-7 oktabrda 8-13° gacha pasayadi
