30-SENTABRDAN 3-OKTABRGACHA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-28 11:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-3 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 30 sentabr-2 oktabrda 22-27°, 3 oktabrda 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30 sentabr-1 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2-3 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 30 sentabr-2 oktabrda 21-26°, 3 oktabrda 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 30 sentabr-1 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2-3 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 30 sentabr-2 oktabrda 27-32°, 3 oktabrda 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 oktabrda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 30 sentabr- 2 oktbrda 21-26°, 3 oktabrda 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 30 sentabr-2 oktabrda 13-18°, 3 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
