DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-25 11:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

25-27-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo
biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek bugun kunduzi va 26 sentabrda kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun Toshkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida
biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Havo haroratining asta-sekin pasayishi davom etadi. Harorat bugun kunduzi
26-30 darajani tashkil etadi, janubiy hududlarda 31-33 darajagacha bo‘ladi, shanba
va yakshanba kunlari asta-sekin 22-25 darajagacha, janubda 27-30 darajagacha pasayadi. Havo harorati kechalari 9-14 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 sentabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat asosan kechalari 11-14 daraja, kunduzi 25 sentabrda 26-28 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari asta-sekin 23-25 darajagacha pasayadi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 25-sentabr
