O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-25-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-09-21 09:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida va 24-25 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari
29-32 daraja, 25 sentabrda 27-29 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 21-sentabr
