HAFTA KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-14 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA
14-18-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati sentabr oyi o‘rtasiga xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lib, kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida 16 sentabr - chorshanba kuni biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 14-17 sentabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda: 14-18-sentabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari
30-33 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 14-sentabr
