16-23-SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-14 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 16-18 va 21-23 sentabrda 10-15°, 19-20 sentabrda 12-17°, kunduzi 16-17 va 19 sentabrda 27-32°, 18 sentabrda 29-34°, 20-21 sentabrda 25-30°, 22-23 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 16-20 sentabrda 30-35°, 21-22 sentabrda 28-33°, 23 sentabrda 26-31° bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 16-22 sentabrda 28-33°, 23 sentabrda 26-31° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 16-20 sentabrda 32-37°, 21-23 sentabrda 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17-23 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 16 va 23 sentabrda 26-31°, 17-22 sentabrda 28-33° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-23 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 16-21 sentabrda 22-27°, 22-23 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
