DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-11 10:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari

11-13-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi. Faqat Orolbo‘yida va Toshkent viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati 32-35 daraja, respublika shimoli-g‘arbida 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati biroz pasayadi va kunduz kunlari
25-30 darajani tashkil etadi, ba’zi joylarda 32 darajagacha, janubda 35 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 sentabrda respublika bo‘yicha
ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-12 sentabr kunlari ba’zi joylarda
qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 13 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda: bugun kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli
yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 16-18 daraja, kunduzi shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni 30-32 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 11-sentabr
