AVGUST OYI QANDAY O‘TDI
2026-09-09 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Harorat tartibi
Avgust – yoz faslining so‘nggi oyi ham nihoyasiga yetdi. Joriy yilda ham, so‘nggi o‘n yillikdagi barcha avgust oylarida kuzatilgani kabi, havo harorati iqlimiy me’yordan yuqori bo‘ldi.
O‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 1,9–3,0 darajaga, Buxoro viloyatida, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida esa 3,1–3,6 darajaga yuqori bo‘ldi.
2026-yil avgust oyida o‘rtacha oylik havo haroratining
me’yordan og‘ishi (°C)
Respublika hududining katta qismida bunday issiq avgust oyi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida ilk bor kuzatildi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ko‘pchilik tumanlarida o‘tgan avgust oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari bo‘yicha eng iliq avgust oylarining uchligidan joy oldi.
Oy o‘rtacha hisobda juda issiq kelganiga qaramay, havoning maksimal harorati deyarli barcha hududlarda rekord ko‘rsatkichlarga yetmadi. Eng
issiq kunlarda respublika hududining katta qismida havo harorati
39–41 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarining ayrim
joylarida 42–44 darajagacha, Termiz shahrida esa 45 daraja atrofida bo‘ldi.
Faqat Tuyamuyun suv ombori hududida 2026 yil avgust oyida maksimal harorat o‘zining tarixiy rekord ko‘rsatkichini takrorladi. Nurafshon va G‘arbiy Arnasoy hududlarida esa avgust oyining mutlaq maksimum harorati meteorologik kuzatuvlarning butun davri davomida yangilandi
|
Meteostansiya |
2026 yil avgust oyida maksimal harorat (oC) |
Kuzatuvlarning barcha yillari uchun mutlaq maksimum (oC) |
|
To‘shkent |
40,2 |
43,1 /1944 |
|
Nukus |
42,0 |
46,8 /2002 |
|
Mo‘ynoq (Orol bo‘yi) |
42,0 |
45,0 /2011 |
|
Urganch |
40,9 |
43,2 /2011 |
|
Tuyamo‘yin (Amudardagi suv ombori) |
44,3 |
44,3/2011 |
|
Buxoro |
41,9 |
44,6 /2002 |
|
Navoiy |
42,2 |
43,1 /1982 |
|
Buzaubay (Qizilqum cho‘li) |
43,2 |
47,8 /2002 |
|
Nurafshon |
41,5 |
41,2 /1979 |
|
Samarqand |
38,5 |
41,0 /2002,2008,2011 |
|
Jizzax |
39,7 |
43,2 /1968 |
|
G‘arbiy Arnasay |
41,4 |
41,2 /2014 |
|
Sirdaryo |
40,9 |
42,2 /2002 |
|
Qarshi |
42,0 |
45,6 /1955 |
|
Muborak (dasht hududi) |
44,0 |
47,7 /1944, 2002 |
|
Termiz |
45,1 |
46,3 /1947 |
|
Andijon |
38,4 |
41,0 /1955 |
|
Namangan |
39,3 |
42,0 /2008 |
|
Farg‘ona |
39,5 |
41,4 /2002,2011 |
Respublika hududining katta qismida havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni 1-6 kunni, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 7-14 kunni, Muborak va Termiz hududlarida esa 18-21 kunni tashkil etdi.
Yog‘ingarchilik tartibi
Avgust oyi haddan tashqari quruq keldi. Respublikaning katta qismida umuman yomg‘ir yog‘madi yoki yog‘ingarchilik miqdori 0,0-0,4 mm dan oshmadi.
Ayrim tog‘li hududlarda 2-4 marta yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Biroq, bunda ham oylik yog‘ingarchilik miqdori 1-4 mm dan oshmadi. Faqat Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘ stansiyalarida bir oyda yog‘ingarchilik miqdori 6-12 mm gacha yetdi, bu esa oylik me’yordan kam hisoblanadi.
Faqat Ustyurtning ayrim hududlarida, xususan, Jasliq meteorologik stansiyasida (oylik me’yor 4 mm bo‘lgan holda 11 mm), hamda Qizilqum cho‘lining eng shimoliy qismida, Oqbaytal meteorologik stansiyasida (oylik me’yor 2 mm bo‘lgan holda 1,7 mm) oylik me’yordan ko‘p yog‘ingarchilik kuzatildi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining 12-17 m/s gacha kuchayishi qayd etildi. Ayrim joylarda shamolning kuchayishi chang-bo‘ronlar va chang-to‘zonlar bilan birga kuzatildi.
O‘ZBEKISTONDA 2026 YILNING YOZGI MAVSUMI
Harorat tartibi
O‘zbekistonda o‘tgan yoz mavsumi issiq bo‘lib, havoning o‘rtacha mavsumiy harorati iqlimiy me’yordan 1,2-2,6 darajaga yuqori bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida 2026-yil yozi eng issiq yoz mavsumlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi, ayrim hududlarda esa O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yoz bo‘ldi.
2026-yil yoz mavsumida o‘rtacha havo haroratini me’yordan og‘ishi (⁰C)
Avgust me’yorga nisbatan eng iliq oy bo‘ldi.
O‘rtacha oylik havo haroratining me’yordan og‘ishi (⁰C)
2026 yil yoz mavsumidagi eng yuqori maksimal havo harorati qiymatlari esa iyul oyida kuzatildi.
O‘zbekiston hududining katta qismida iyul oyining o‘rtalarida issiqlik eng yuqori cho‘qqiga yetdi. Bu kunlarda havo harorati 43-45 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa 46-50 darajagacha ko‘tarildi.
Havo harorati O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar olib borilgan barcha yillar davomida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichlarga yaqinlashdi.
Respublikaning bir qator viloyatlarida maksimal havo haroratining
yangi rekord ko‘rsatkichlari qayd etildi hamda 2026 yil yozining
harorat tartibi O‘zbekistonda yoz mavsumlarining isib borish tendensiyasini davom ettirdi.
O‘rtacha mavsumiy havo haroratining me’yordan og‘ishi (⁰C)
Yog‘ingarchilik tartibi
O‘zbekiston hududining katta qismida 2026-yil yoz mavsumidagi yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘ldi. Biroq respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik miqdori me’yordan ko‘p bo‘lgan ayrim hududlar ham kuzatildi.
Yoz mavsumidagi yog‘ingarchilikning umumiy miqdoriga asosiy hissani iyun oyi qo‘shdi. Iyun oyida yomg‘irlar tez-tez yog‘di.
Shu bilan birga, iyun oyida yoz mavsumiga xos bo‘lgan konvektiv yog‘ingarchiliklarning mahalliy xususiyati, ularning fazoviy va vaqt bo‘yicha notekis taqsimlanishi to‘liq namoyon bo‘ldi. Hatto bir hududning o‘zida ham yomg‘ir jadalligida kuchli o‘zgaruvchanlik – yomg‘ir izlaridan tortib eng kuchli jala yog‘inlarigacha bo‘lgan holatlar kuzatildi.
Joriy yilning avgust oyi yoz mavsumining eng quruq oyi bo‘ldi.
