O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-11-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-09-07 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.
Faqat ayrim kunlarda Qoraqalpoiston Respublikasi, Xorazm viloyatida
va 10-11 sentabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Hafta davomida harorat foni kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari
32-37 daraja atrofida nisbatan tekis bo‘lishi kuzatiladi. Respublikaning shimoli-g‘arbida kunduzgi harorat 30-33 darajadan 25-28 darajagacha biroz pasayadi.
7 va 11 sentabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda
qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 sentabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 11 sentabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ldi, yog‘ingarilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 17-20 daraja bo‘ladi,
kunduz kunlari 32-34 darajadan 35-37 darajagacha o‘zgarib turadi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 7-sentabr
