O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 4-6-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-09-04 10:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samaraqnd, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda va tog‘larda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Bugun va ertaga harorat foni deyarli o‘zgarmaydi, respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida 23-28 daraja atrofida saqlanib turadi. Harorat asosan kechalari va erta tongda 13-18 daraja bo‘ladi.
6 sentabr – yakshanba kuni harorat 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.
4-5 sentabrda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda: havo asosan biroz bulutli bo‘ldi, yog‘ingarilik kutilmaydi.
Havo harorati bugun kunduzi 30 daraja, shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 16-18 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 4-sentabr
