6-9-SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-09-04 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 sentabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 6-7 sentabrda 28-33°, 8-9 sentabrda 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 sentabrda 13-18°, 9 sentabrda 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°, 7-9 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-7 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 8-9 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
