O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2-4-SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-09-02 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Taqvim kuzining kirib kelishi bilan O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni me’yorgacha va me’yordan biroz pastga tushishi kuzatildi.
Bugun va yaqin 2 kun davomida kunduzgi havo harorati 28-33 daraja,
janubda 35 darajagacha, shimolda ba’zi joylarda 25-27 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda harorat asosan 13-18 darajani tashkil etadi.
O‘zbekiston hududining katta qismida ushbu kunlarda havo biroz bulutli,
ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat bugun kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining ba’zi joylarida, 3-4 sentabr kunlari esa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida
va 4 sentabrda Toshkent viloyatining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli
yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 2 sentabr kuni respublikaning cho‘l hududlarida
shamol ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ldi, yog‘ingarilik kutilmaydi, faqat 4 sentabr kuni ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asosan kechalari 15-17 daraja, kunduz kunlari 28-30 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 2-sentabr
