DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-08-28 10:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

28-AVGUSTDAN 1-SENTABRGACHA OB-HAVO PROGNOZI
Yozning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududining katta qismida biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati asosan 33-38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 39-40 darajagacha bo‘ladi.
O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida avgust oyining so‘nggi kunlarida salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va 31 avgustga kelib kunduzgi harorat 25-30 darajagacha pasayadi.
1-sentabr kuni nisbatan salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlapriga tarqaladi, havo harorati 3-5 darajaga pasayadi.
Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpoiston Respublikasi shimolida bugun va ertaga biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayshi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi 28-30 avgustda 35-38 daraja, 31 avgustda 34-36 daraja, 1 sentabrda 30-32 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 20-22 daraja, 1 sentabrda 16-18 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 28-avgust
