HAFTA KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-08-24 11:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

24-28-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Joriy ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lgan biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo
32-35 darajagacha isiydi.
Haftaning ikkinchi yarmida kunduzgi havo harorati 2-3 darajaga ko‘tarilib, kunduzi 35-38 darajani, janubda 39-40 darajani tashkil etadi.
Harorat asosan kechalaroi 18-23 daraja bo‘ladi.
24-28 avgust kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi,
faqat Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida bugun kunduzi
qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarilik kutilmaydi.
Havo harorati bugun kunduzi 24-26 avgustda 32-35 daraja, 27-28 avgustda 35-37 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-21 darajani tashkil etadi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 24 avgustda 11-14 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 24-avgust
