DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-08-21 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

21-23-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati 36-39 daraja, janubda ba’zi joylarda 41-43 darajagacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.
Respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, harorat kechalari 18-21 darajagacha, kunduz kunlari 32-35 darajagacha,
janubda 37-40 darajagacha pasayadi.
Ko‘pchilik viloyatlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida 22 avgust – shanba kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi,
22 avgustda respublika janubida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida shamolning kuchayishi chang-to‘zonlar bilan qayd etiladi.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati bugun kunduzi 36-38 daraja, dam olish kunlari 32-35 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 18-21 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 21-avgust
