HAFTA KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-08-17 11:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

17-21-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq
va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida 17-19 avgust kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi havo harorati 33-38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 40-43 darajagacha bo‘ladi. Harorat kechalari 18-23 daraja bo‘lishi kuzatiladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Shimolda 21 avgust kuni shamolning kuchayishi 22-25 m/s ga yetishi mumkin.
Toshkentda: havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarilik kutilmaydi.
Havo harorati bugun kunduzi 35 daraja atrofida, keyinchalik ish haftasining oxirigacha kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 35-38 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 17-avgust
