HAFTA KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-08-10 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 37-40 daraja atrofida, 12-13-avgust kunlari ba’zi joylarda 41-42 gacha bo‘ladi. Kechalari harorat asosan 21-26 daraja bo‘ladi.
Shu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi Toshkent viloyatida va haftaning ayrim kunlarida esa respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimolda, cho‘l hududlarda va 14-avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida shaharning ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
11-14-avgust kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari 37-40 daraja,
12-13-avgustda 41 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 10-avgust
