12-15-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-08-10 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 12 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-14 avgustda 20-25°, 15 avgustda 18-23°, kunduzi 12 avgustda 37-42° bo‘ladi, 13-15 avgustda 33-38° gacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 12-13 avgustda 37-42°, 14-15 avgustda 35-40° bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 14 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 12-13 avgustda 37-42°, 14-15 avgustda 35-40° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 14 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 37-42° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 12-14 avgustda 35-40°, 15 avgustda 33-38° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 12-13 avgustda ba’zi joylarda 35° gacha bo‘ladi.
