O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-9 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2026-08-07 10:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari
So‘nggi kunlardagi ancha qulay ob-havo sharoitidan so‘ng, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha harorat asosan 34-37 daraja bo‘ladi,
shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 41-42 darajagacha ko‘tariladi.
Ushbu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarda ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Respublika shimolida va cho‘l hududlarida 8-9 avgust kunlari shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi
36 daraja atrofida bo‘ladi, dam olish kunlari 37-39 darajagacha ko‘tariladi.
Havo harorati kechalari 21-24 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026 yil 7 avgust
