2026-YIL IYUL OYIDAGI OB-HAVO SHAROITLARI TO‘G‘RISIDA
2026-08-06 16:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Iqlimiy xususiyatlariga ko‘ra iyul oyi O‘zbekiston hududida yilning eng issiq davri hisoblanadi. 2026-yil iyul oyi ham bu jihatdan istisno bo‘lmadi.
Oy davomida respublika hududining aksariyat qismida havoning o‘rtacha oylik harorati iqlimiy me’yordan 1,3-2,3 даража, shimoliy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 2,5-2,8 даражага yuqori kuzatildi.
Iyul oyida harorat ko`rsatkichlari o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turdi. Oyning birinchi kunlarida nisbatan salqin ob-havo kuzatilib, havo harorati iqlimiy me’yordan 3-5°C past bo‘ldi. Kunduzgi maksimal harorat 27-32°C dan oshmadi.
Biroq oyning ikkinchi besh kunligidan boshlab havo harorati izchil ko‘tarila boshladi. Respublikaning aksariyat hududlarida kuchli issiq
18–19-iyul kunlari o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetdi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda esa ekstremal issiq mazkur davrdan ikki kun avval boshlandi.
Mazkur kunlarda respublikaning katta qismida havo harorati
43-46°C, janubiy va cho‘l hududlarida esa 46-50 даражагача ko‘tarildi.
Kuzatilgan maksimal harorat qiymatlari O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida qayd etilgan mutlaq maksimum ko‘rsatkichlarga yaqinlashdi. Bir qator meteorologik stansiyalarda havo haroratining mutlaq maksimumi bo‘yicha yangi rekordlar qayd etildi.
2026-YIL IYUL OYIDA YANGILANGAN MUTLAQ MAKSIMAL HAVO HARORATI
|
Meteostansiya |
2026-yil iyul (°C) |
Avvalgi mutlaq maksimum (°C) |
|
Nurafshon |
44,0 |
42,7 (1983) |
|
Buxoro |
46,9 |
46,2 (2005) |
|
Navoiy |
46,5 |
45,9 (2021) |
|
Uchquduq (Qizilqum cho‘li) |
49,7 |
46,2 (2021) |
|
Samarqand |
43,6 |
42,4 (1983) |
|
Kattaqo‘rg‘an |
43,5 |
42,0 (2008) |
|
Do‘stlik (Jizzax viloyati) |
44,8 |
44,5 (1984, 2021) |
|
Arnasoy |
46,5 |
44,0 (2021) |
|
Shaxrisabz |
44,9 |
44,6 (2021) |
|
Sariosiyo (Surxandaryo viloyati) |
43,8 |
43,2 (2021) |
|
Andijon |
43,0 |
42,1 (1977) |
|
Namangan |
44,2 |
42,5 (2007) |
|
Pop (Namangan viloyati) |
43,0 |
42,6 (1988) |
|
Farg‘ona |
43,9 |
42,2 (1944) |
|
Quva (Farg‘ona viloyati) |
42,5 |
42,4 (1988) |
|
So‘x (Farg‘ona viloyati tog‘lari) |
39,4 |
38,1 (1979) |
Farg‘ona vodiysining markaziy hududlarida maksimal havo harorati bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar iyul oyida ikki marotaba yangilandi.
Toshkent shahrida kuchli issiqning cho‘qqisi 19-iyul kuni kuzatildi. Shu kuni maksimal havo harorati 44,3 даражани tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich poytaxtda 1997-yil 18-iyul kuni qayd etilgan mutlaq maksimum
(44,6 даража) dan atigi 0,3 даражага past bo‘ldi.
Issiq davrda tungi harorat ham yuqori bo‘lib, minimal harorat respublikaning ko‘plab hududlarida 25-28 даража, janubiy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 30-33 даражадан pastga tushmadi.
Iyul oyining uchinchi o‘n kunligi boshida nisbatan salqin havo massalarining kirib kelishi natijasida harorat qisqa muddatga iqlimiy me’yor darajasigacha, ayrim joylarda esa undan biroz pastga tushdi. Biroq oy oxiriga kelib havo harorati yana me’yordan 2–3 даражага yuqori bo‘ldi.
Kuchli issiqning inson salomatligi, iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa energetika tizimi hamda atrof-muhitga salbiy ta’siri nafaqat haroratning mutlaq qiymati, balki uning qancha muddat davom etishi bilan ham belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, maksimal havo harorati 40 даража va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni muhim iqlimiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
2026-yil iyul oyida bunday kunlar soni:
- markaziy va sharqiy viloyatlarda 3–8 kun;
- respublikaning boshqa hududlarida 9–18 kun;
- eng chekka janubiy hududlar hamda Qizilqum cho‘lining ayrim joylarida 19–23 kun ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Shimoli-g‘arbiy, cho‘l va eng janubiy hududlarda ular 2019, 2021, 2023 va 2025-yillarning eng issiq iyul oylari ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi.
2026-yil iyul oyida havo harorati 40 даража va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni hamda ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkich
YOG‘INGARCHILIK SHAROITI
2026-yil iyul oyida yog‘ingarchilikning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi.
Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida oy davomida iyul oyiga xos quruq ob-havo kuzatildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida oyning ayrim kunlarida qisqa muddatli mahalliy yomg‘irlar kuzatildi.
Iyul oyida yog‘ingarchilikning ko‘p yillik me’yori juda kam bo‘lganligi sababli, qisqa muddatli kuchli yomg‘irlar ayrim joylarda oylik me’yorning bir necha barobar ortig‘iga teng yog‘in miqdorini keltirib chiqardi.
Jumladan:
- 1-iyul kuni Nukus shahrida 2 soat 20 daqiqa davomida 13,7 mm yog‘in yog‘di (iyul oyi me’yori - 2,5 mm);
- 3-iyul kuni Mo‘ynoqda 1 soat 20 daqiqa ichida 18,6 mm yog‘in qayd etildi (me’yor - 4,8 mm);
- 4-iyul kuni Toshkent shahrida 9 mm (me’yor - 3,4 mm), Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 15,6 mm (me’yor - 2,5 mm), Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida esa 1 soat 37 daqiqa ichida 24,6 mm yog‘in yog‘di (me’yor - 2,8 mm). Ayrim joylarda yomg‘ir do‘l bilan kuzatildi.
- 22-iyul kuni Farg‘ona va Andijon viloyatlarida jala yomg‘irlar yog‘ib, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik miqdori iyul oyining oylik me’yoridan 2–4 barobar oshdi.
Shuningdek, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida kuchli yomg‘irlar kuzatildi.
SHAMOL HODISALARI
Oy davomida respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi
15–20 m/s gacha kuchaydi.
Xususan:
- 1-iyul kuni Nukus shahrida;
- 19-iyul kuni Ustyurt platosining ayrim hududlarida (Jasliq)
shamol tezligi 2-25 m/s gacha yetdi.
Shamolning kuchayishi ayrim hududlarda chang bo‘ronlari, chang-to‘zon va changli g‘ubor hodisalari bilan kuzatildi.
