7-14 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-08-05 11:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 avgustda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Harorat kechasi 20-25° bo‘ladi, kunduzi 33-38° dan 38-43° gacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 va 10 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Harorat kechasi 7-10 avgustda 20-25°, 11-14 avgustda 22-27° bo‘ladi, kunduzi
34-39° dan 38-43° gacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° bo‘ladi, kunduzi 33-38° dan 37-42° gacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-8 avgustda kechasi
20-25°, kunduzi 35-40°, 9-14 avgustda kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7 avgustda
18-23°, 8-14 avgustda 20-25°, kunduzi 7-9 avgustda 33-38°, 10-14 avgustda
35-40° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 7-10 avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
11-14 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18° bo‘ladi, kunduzi 22-27° dan 27-32° gacha o‘zgarib turadi.
