O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 3-7 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2026-08-03 12:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Avgust oyi boshi uchun juda issiq kelgan dam olish kunlaridan so‘ng,
O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni biroz pasayadi.
Ushbu ish haftasi davomida havo harorati 35-38 darajadan 32-35 darajagacha o‘zgarib turadi. Faqat respublikaning eng chekka janubida bugun kunduzi havo harorati 40-43 daraja, 4-7 avgustda 38-40 daraja atrofida bo‘ladi.
Bu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchili kutilmaydi.
Faqat respublikaning tog‘li hududlarida, shuningdek 4 avgustda
Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent viloyati, hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3-5 avgust kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi
13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 va 6-7 avgustda 35-38 daraja, 4-5 avgustda 33-35 daraja bo‘ladi. Kechalari havo harorati
20-23 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi,
vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha, 4 avgustda 12-15 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
O‘zgidromet
2026 yil 3 avgust
