O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 31-IYUL 2-AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO
2026-07-31 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 38-41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha isiydi. Bu iyul oyining oxiri va avgust oyining boshi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.
1-2 avgust kunlari issiq ob-havo respublika hududining katta qismida saqlanib turadi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda issiq pasayishi boshlanadi.
Ushbu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Keyingi haftada haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlarida kuzatiladi.
Toshkentda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 31 iyul-2 avgustda kunduzi 37-40 daraja, kechasi 23-26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 31-iyul
