O‘ZBEKISTONDA AVGUST OYINING IQLIMIY XUSUSIYATLARI VA 2026-YIL AVGUST OYI UCHUN OB-HAVO PROGNOZI
2026-07-27 16:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Iyul – yoz faslining ikkinchi oyi ham tugamoqda, yozning so‘nggi oyi - avgust yaqinlashib kelmoqda. O‘zbekistonda avgust oyi odatda qanday bo‘lishi kuzatiladi?
Avgust oyida harorat foni asta-sekin pasaya boshlaydi. O‘zbekiston hududi bo‘yicha avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan
1,5-2,5 darajaga past bo‘ladi.
Yilning ko‘p oylari singari, avgust oyi ham nisbatan iqlim o‘zgarishi ta’siri ostida bo‘ladi. 1991-2020 yillar va 1961-1990 yillar uchun avgust oyidagi o‘rtacha oylik haroratning farqi 1,2-1,5 darajani tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida o‘rtacha maksimal harorat
+35…+37 darajani, janubda va cho‘l hududlarda +38…+40 darajani tashkil etadi.
Issiq ob-havoning eng yuqori cho‘qqisida deyarli har yili
+38…+39 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda esa ba’zi joylarda
+41…+43 darajaga yetadi.
Kuzatuvlarning barcha yillari uchun avgust oylarining maksimal havo harorati mutlaq rekordi +41…+43 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +44…+47 darajani tashkil etadi.
So‘nggi yillarda avgust oyining harorat tartibiga global isish sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Yillararo kuchli o‘zgaruvchanlik fonida havoning o‘rtacha oylik harorati ko‘tarilish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Yillar bo‘yicha o‘rtacha oylik havo harorati o‘zgarishining dinamikasi
1961–1990 yillar va 1991–2020 yillar uchun avgust oyidagi o‘rtacha oylik haroratning farqi +1,2…+1,5 darajani tashkil etadi.
Avgust iyul oyidagidek jazirama bo‘lmasa-da, baribir anchagina issiq oy hisoblanadi. Yozgi issiq pasayishi ko‘rsatkichi havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘ladigan kunlar sonining sezilarli darajada kamayishidir.
O‘rtacha hisobda bu ko‘rsatkich hududlarning katta qismida 1-3 kunni,
eng chekka janubda va cho‘l hududlarda esa 4 kundan 8 kungacha bo‘lgan muddatni
tashkil etadi. Samarqand viloyati va Farg‘ona vodiysida esa bunday issiq kunlar juda kamdan-kam hollarda - 5-10 yilda bir marta kuzatiladi.
Avgust oyining oxiriga kelib, odatda, kuzning yaqinlashayotgani sezila boshlanadi. Nisbatan salqin havo oqimlarining kirib kelishi ko‘payadi.
Ayrim yillarda avgust oyida salqin havoning kirib kelishi hisobiga O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduzgi harorat 22-27 darajagacha pasaygan.
Avgust O‘zbekistonda yilning eng qurg‘oqchil oyi hisoblanadi.
Yomg‘irlar juda kam yog‘adi - tekislik hududlarning katta qismida o‘rtacha
1 kundan 3 kungacha biroz yomg‘ir yog‘ishi kuzatilishi mumkin, o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori esa 1-2 mm dan, Farg‘ona vodiysida esa 3-5 mm dan
ko‘p bo‘lmaydi. Janubda va cho‘l hududlarda avgust oyida yomg‘ir har yili ham kuzatilmaydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir tez-tez yog‘adi va o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori ayrim joylarda 12-15 mm ni, Farg‘ona viloyati tog‘larida hamda Toshkent viloyatining yuqori tog‘li hududlarida esa 20-22 mm ni tashkil etadi.
Bu eng qurg‘oqchil oyda respublikaning ayrim hududlarida jadalligi kuchli bo‘lgan jala yomg‘irlar yog‘ishi kuzatilishi ehtimoldan holi emas. Masalan,
2020 yil avgust oyining oxirida O‘zbekistonning markaziy viloyatlarida kuchli jala yomg‘irlar yog‘gan va uning bir kecha-kunduzda yog‘gan yog‘ingarchilik miqdori 10-34 mm ni tashkil etgan.
2020 yil 26 avgust kuni Toshkentda 17 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan
(oylik me’yor 2 mm bo‘lganda) - bu avgust oyida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha mutlaq rekorddir.
2023 yil avgust oyida yog‘ingarchilik yog‘ishi tavsifi bo‘yicha g‘ayritabiiy bo‘lgan.
Uzoq muddatli quruq va issiq ob-havodan so‘ng, 27-31 avgust kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘di.
Ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli – bir kecha-kunduzda, aniqrog‘i bir necha soat ichida yog‘ingarchilik miqdori avgust oyidagi oylik me’yordan bir necha marta
ko‘p bo‘ldi.
Respublikaning ayrim hududlarida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdorining tarixiy maksimumlari yangilandi.
Eng esda qoladigan rekordlar Sariosiyo meteostansiyasi (Surxondaryo viloyati tog‘ oldi) hududida kuzatilgan bo‘lib, bunda oylik me’yor 0,4 mm bo‘lganda 3 soat 10 daqiqada 35 mm va Qo‘qon meteostansiyasi hududida oylik me’yor
5 mm bo‘lganda 20 daqiqada 35 mm yomg‘ir yog‘gan.
Joriy yilning avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?
O‘rtacha oylik harorat ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
O‘rtacha oylik havo harorati anomaliyasining оС да taqsimlanishi.
(Xaritada raqamlar bilan o‘rtacha oylik havo harorati me’yorlari ko‘rsatilgan).
Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-2 avgust kunlari havo harorati 38-41 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajaga yetadi.
Keyinchalik harorat foni 3-5 darajaga pasayadi va havo harorati asosan
33-38 daraja atrofida, ba’zi joylarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Oyning oxiriga kelib, O‘zbekiston hududiga salqin havo kirishi va harorat asta-sekin 25-30 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.
Avgust oyining birinchi yarmida harorat asosan kechalari 24-27 daraja, ikkinchi yarmida 17-22 daraja, oyning oxiriga 12-15 darajagacha pasayadi.
O‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori anomaliyasini mm da taqsimlanishi.
(Xaritada raqamlar bilan o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik miqdori ko‘rsatilgan).
Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan ko‘p, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ammo avgust oyida oylik yog‘ingarchilik me’yori juda kamligini unutmaslik kerak.
Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlarda, asosan, jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
