O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-31-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-07-27 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Iyul oyining oxirgi haftasida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati kunduz kunlari 37-40 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-42 darajagacha bo‘ladi. Bu iyul oyining oxiri uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2-3 darajaga yuqoridir.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan kunduzgi 38-39 daraja atrofida, kechasi 23-25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 27-iyul
