O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 24-26-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-07-24 10:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va yakshanba kuni 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha yetadi.
Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
24 iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzgi havo harorati 34-36 daraja, ertaga kechasi 21-23 daraja, kunduzi 35-37 daraja, yakshanba kuni kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 24-iyul
