O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-19-IYUL KUNLARI VA KEYINGI HAFTANING BOSHIGA OB-HAVO
2026-07-17 10:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq kuchayishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 42-45 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 46-48 darajagacha isiydi.
Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
20 iyul - dushanba kuni respublika hududining katta qismida estremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida
havo harorati pasayishi boshlanadi.
21 iyul - seshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha
issiq chekina boshlaydi. Havo harorati 6-9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun kunduzgi
havo harorati 41-43 daraja, shanba va yakshanba kunlari 43-45 daraja, kechalari esa harorat 25-28 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 17-iyul
