O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-17-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-07-13 10:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Hududning katta qismida havo harorati 38-41 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha bo‘ladi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha issiq asta-sekin kuchayib boradi.
Kunduzgi havo harorati 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari havo dim bo‘lib, 23-28 daraja,
shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
13-14 iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
13 iyulda Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi
va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati 38-40 daraja, 15-17 iyulda 40-43 daraja, kechalari esa asosan 25-28 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 13-iyul
