O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 10-12-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-07-10 09:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi faqat ayrim tog‘li hududlarda va 12 iyul kuni esa Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda kuzatilishi mumkin.
Kunduzi havo 37-40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajagacha isiydi. Kechasi va erta tongda havo harorati 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 iyulda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan
kuzatilishi mumkin.
Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: asosan asosan kam bulutli bo‘ladi. Harorat kunduz kunlari
38-40 daraja, kechalari 23-25 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 10-iyul
