30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zgidromet direktori Sh. Khabibullayev muassasada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan hamda hududdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-07-01 16:30:00 / Rahbar faoliyati
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zgidromet direktori Sh. Khabibullayev muassasada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan hamda hududdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zgidrometga ishga qabul qilish talablari, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda meteorologiya va gidrologiya sohalarida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, halollik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Direktor yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularning tizim rivojidagi o‘rni tobora ortib borayotganini qayd etdi.
