O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 6-11-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-07-06 10:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari

6-11-iyun kunlari respublika bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Iyul oyi boshida kuzatilgan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi oddiy yozgi ko‘rsatkichlarga asta-sekin qaytadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi, ammo qiymatlar iyul oyiga
xos chegaralarda qoladi.
Bugun kunduzi havo 34-37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda
esa kunduzgi harorat 37-40 darajaga yetadi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda harorat asosan kunduz kunlari 39-42 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 6-11-iyul kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Bugun va ertaga kunduzgi havo harorati 35-38 daraja bo‘ladi, keyinchalik asta-sekin 38-40 darajagacha ko‘tariladi.
Harorat kechalari 22-25 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 6-iyul
