O‘ZBEKISTONDA 2026 YIL YOZINING BIRINCHI OYI QANDAY BO‘LDI
2026-07-03 17:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Iyun, yoz faslining birinchi oyi ham tugadi. XXI asrdagi ko‘pchilik
iyun oylari singari, bu oy ham iliq bo‘ldi, so‘nggi o‘n yilliklarda ushbu oyda kuzatilayotgan barqaror isishning tendensiyasini yana bir bor tasdiqladi.
O‘rtacha oylik havo haroratini me’yordan og‘ishi
(so‘nggi 50 yilda)
O‘zbekiston hududining katta qismida o‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 1-2 darajaga yuqori bo‘ldi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbida iyun oyidagi harorat tartibi me’yorga yaqin bo‘lib, Ustyurtda esa me’yordan 1-2 darajaga past bo‘ldi.
Shu bilan birga, iyun oyida rekord darajadagi issiq kuzatilmadi. Respublika hududining katta qismida kunduz kunlari termometr ustuni 31-36 darajani qayd etdi.
Eng issiq kunlarda havo 38-41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda
ba’zi joylarda 42-43 darajagacha isidi. Iyun oyining so‘nggi kunlarida issiqning sezilarli darajada pasayishi kuzatildi: kunduzgi harorat 27-30 darajagacha pasayishi qayd etildi.
O‘tgan iyun oyida havo haroratining maksimal qiymatlari tarixiy rekord darajalarga yetmadi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha qatori uchun iyun oyining mutlaq maksimumi hududlarning katta qismida 42-45 darajani, janubda va cho‘l hududlarda
46-47 darajani, Termiz hududida esa 50 darajani tashkil etadi.
O‘tgan yilgi ekstremal quruq bo‘lgan iyun oyidan farqli, ushbu yilning iyun oyida yomg‘irlar ancha tez-tez yog‘ib turdi. Yog‘gan yomg‘irlarning jadalligi asosan biroz bo‘ldi.
Shu bilan birga, yoz mavsumiga xos bo‘lgan konvektiv yog‘ingarchilikning mahalliy xususiyati, ularning fazoviy va vaqt bo‘yicha notekis taqsimlanishi to‘liq namoyon bo‘ldi. Hatto bitta hudud doirasida ham yog‘ingarchilik miqdori ham tumanlar bo‘yicha, ham ularning yog‘ish vaqtiga ko‘ra bir-biridan sezilarli darajada farq qildi.
3 iyun kuni Shohimardon meteostansiyasi hududida (O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududidagi eksklavi, shuningdek «O‘zbek Shveysariyasi» nomi bilan ham mashhur)
do‘l bilan kuchli jala yog‘di. Bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori 45 mm ni (me’yordan 69% ni) tashkil etdi va iyun oyidagi bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik rekordini yangiladi.
Qoraqolpoq meteostansiyasi hududida (O‘zbekistonning eng shimoliy meteokuzatuv punkti) 15 iyun kuni 3 soat 30 daqiqa ichida miqdori 31 mm bo‘lgan (me’yordan 217% ni) kuchli yomg‘ir yog‘ishi qayd etildi.
Masalan, Samarqand meteostansiyasi hududida 19 iyun kuni 25 daqiqada 25 mm yomir yog‘di, bu bir kecha-kunduzlik maksimal yog‘ingarchilik miqdori rekordini yangiladi.
Shu bilan birga, Samarqanddan 10 km uzoqlikda joylashgan Dahbed meteostansiyasi hududida shu kuni umuman yomg‘ir kuzatilmadi.
Yozgi konvektiv yog‘ingarchilikning mahalliy xususiyati 19 iyun kuni Toshkentda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ldi. Shaharning ba’zi tumanlarida kunning ikkinchi yarmida juda kuchli jala yomg‘ir yog‘di, boshqa tumanlarida esa faqatgina ayrim yomg‘ir tomchilari kuzatildi, xolos.
Poytaxt meteostansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni yog‘ingarchilik miqdori quyidagini tashkil etdi:

|
Meteostansiyaning joylashushi |
Yog‘ingarchilik miqdori, mm |
|
Toshkent-Observatoriya O‘zgidrometning tayanch stansiyasi |
4,4 |
|
Toshkent teleminorasidagi meteorologik kuzatuvlar stansiyasi |
0,2 |
|
TAMS (Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport) |
68,5 |
|
«Sharqiy» AMS («Humo» xalqaro aeroporti) |
17,8 |
Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi ma’lumotlari bo‘yicha hisoblangan iyun oyidagi yog‘ingarchilikning oylik me’yori 16,8 mm ni, iyun oyidagi bir kecha-kunduzlik maksimal yog‘ingarchilik miqdori esa 35,5 mm ni tashkil etadi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport hududida (Sergeli tumani) qayd etilgan juda kuchli jala yomg‘ir Toshkentning qo‘shni tumanlarini ham (Yakkasaroy, Mirobod tumanlari va boshqalar) qamrab olgan.
Hududning katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam,
ba’zi joylarda esa me’yor atrofida bo‘ldi. Ayrim, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, iyun oyida yog‘ingarchilik me’yori kam bo‘lgan qurg‘oqchil hududlarda
esa oylik yog‘ingarchilik miqdori iqlimiy me’yordan yuqori bo‘ldi.
Jala yomg‘irlar Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatildi, Ustyurtda esa shamolning kuchayishi 22-25 m/s ga yetdi. Respublika shimolida, cho‘l hududlarida va janubidagi ayrim joylarda changli bo‘ronlar va chang-to‘zonlar
va chang g‘uborlari qayd etildi.