O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 3-5-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-07-03 10:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechqurun Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 30-33 daraja atrofida, janubda
va cho‘l hududlarda 35-37 darajagacha bo‘ladi.
Ertaga-4 iyul kuni faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida qisqa mudatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
Yakshanba-5 iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo
34-37 darajagacha, janubda 39 darajagacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda shamolda va cho‘l hududlarda
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
3-4 iyul kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi,
kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat 31-33 daraja bo‘ladi.
Shanba-4 iyul kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
Yakshanba-5 iyul kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat
34-36 darajagacha ko‘tariladi.
Harorat kechalari 18-23 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 3-iyul
