HAFTA KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-29 13:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari

29-30-IYUN VA 1-3-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘tgan haftada kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni pasayadi.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda 37 darajagacha bo‘ladi.
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qitsmida yog‘ingariliksiz
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ertaga 30-iyun kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
1-iyulda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
2-iyulda markaziy viloyatlarning asosan ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, 3 iyulda esa O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 29-30-iyun kunlari ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 32-34 daraja bo‘ladi.
Ertaga 30-iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
1-3-iyulda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 2 iyulda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kunduzi 31-34 daraja bo‘ladi.
Harorat kechalari 20-23 daraja atrofida bo‘ladi.
29-30-iyun va 2-iyulda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 29-iyun
