DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-26 10:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ertaga 27 iyun kuni faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
28 iyunda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda bugun va dam olish kunlari 35-40 daraja atrofida, yakshanba kuni ba’zi joylarda 42 darajagacha, janubda 43-44 darajagacha bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Rsepublikasi va Xorazm viloyatida harorat asosan kunduzi 32-37 daraja, yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida 23-28 darajagacha pasayadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 37-39 daraja bo‘ladi.
Shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 38-40 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 23-26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 26-iyun
