28-IYUN 5-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-26 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 28-29 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 28 iyunda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 30 iyun-5 iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 iyun va 1 iyulda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha, 28-29 iyunda ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28 iyunda 20-25°, 29 iyun-5 iyulda 17-22°, kunduzi 28-30 iyunda 28-33°, 1-2 iyulda 30-35°,
3-5 iyulda 32-37° bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 29 iyunda
ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 iyun va 1 iyulda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha, 28-29 iyunda ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29 iyunda 22-27°, 30 iyun-5 iyulda 20-25°, kunduzi 28 iyunda 39-44°, 29 iyunda 30-35°, 30 iyun-5 iyulda 32-37° bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 29 iyunda Toshkent viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29 iyunda 22-27°, 30 iyun-5 iyulda 20-25°, kunduzi 28 iyunda 37-42°, 29 iyun-1 iyulda 30-35°, 2-5 iyulda 32-37° bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 iyun va 1 iyulda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29 iyunda 23-28°, 30 iyun-5 iyulda 20-25°, kunduzi 28 iyunda 39-44°, 29 iyun-1 iyulda 33-38°, 29 iyunda ba’zi joylarda 40° gacha, 2-5 iyulda 34-39° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 30 iyun-2 iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 28 iyunda 35-40° bo’ladi, 29 iyun-1 iyulda
30-35° gacha pasayadi, 2-5 iyulda 32-37° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, 30 iyunda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28 iyunda 25-30° bo‘ladi, 29 iyun-5 iyulda 20-25° gacha pasayadi.
