HAFTA KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-22 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ertaga 23 iyun kuni faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida,
24 iyunda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
25-26 iyun kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Respublika hududining katta qismida ish haftasi davomida havo harorati
33-38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 41-44 darajagacha bo‘ladi.
Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun kunduzi juda issiq bo‘ladi,
cho‘l hududlarda esa bugun va ertaga 41-44 darajagacha bo‘lishi kuzatiladi. Keyinchalik havo harorati 4-6 darajaga pasayadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun 22-iyun kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.
23-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
24-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.
25-26-iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 36-38 daraja bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 23-25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 22-iyun
