O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 19-21-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO
2026-06-19 09:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanishi hisobiga, mahalli xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Markaziy va sharqiy viloyatlarda havo harorati 31-34 daraja atrofida, janubda 37-40 darajagacha bo‘ladi – bu iyun oyining ikkinchi yarmi uchun iqlim me’yorlari atrofidadir.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida va cho‘l zonasida ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo 39-42 darajagacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 19-21 iyun kunlari kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 31-34 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
O‘zgidromet
2026-yil 19-iyun
