HAFTA KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-15 11:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari

15-19-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16-17 iyunda O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
18-19 iyunda faqat markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bugun va ertaga kunduzgi harorat 35-38 daraja, cho‘l hududlarda
39-41 daraja, eng chekka janubda 41-43 daraja bo‘ladi.
17-19 iyunda havo harorati 3-4 darajaga pasayadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi. 15-17 iyunda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 15-16 iyun kunlari kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
17 iyundan 19 iyungacha kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat asosan 31-34 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-14 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
O‘zgidromet
2026-yil 15-iyun
