17-20-IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-15 11:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 iyunda 18-23°, 19-20 iyunda 20-25°, kunduzi 17 iyunda
30-35° bo’ladi, 18-20 iyunda 35-40° gacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 17 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 18-20 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayadi, 17 iyunda ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 17-19 iyunda 33-38°, 20 iyunda 35-40° bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 17 iyunda Qashqadaryo viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17 iyunda 22-27°, 18-20 iyunda 20-25°, kunduzi 17 va 20 iyunda 35-40°, 18-19 iyunda 33-38° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 iyunda 20-25°, 18-20 iyunda 18-23°, kunduzi 31-36° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
