DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-12 10:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari

12-14-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 33-36 daraja atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat mamlakatimizning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizi hududidan nisbatan nam havo kirib kelishi boshlanadi.
13 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 14 iyunda kechasi va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Navoiy, Buxoro viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Dam olish kunlari havo harorati 36-38 darajagacha, cho‘l hududlarda 40 darajagacha, eng chekka janubda 42 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 12-14 iyun kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 33-35 daraja, shanba va yakshanba kunlari 36-38 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 20-23 daraja bo‘ladi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
O‘zgidromet
2026-yil 12-iyun
