14-21-IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-12 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 14 iyunda kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 15 va 18-19 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 va 20-21 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16-17 iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi
32-37° bo’ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 14 iyunda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 15 va 19-20 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-18 va 21 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16-17 iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14-17 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40°, 18-21 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo’ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, 14 va 19-21 iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. 15-18 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 17 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 14-15 iyunda 37-42°, 16-21 iyunda 35-40° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 14 va 18-21 iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. 15-17 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-17 iyunda 20-25°, 18-21 iyunda 18-23°, kunduzi 32-37° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI: Havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17° dan 15-20° gacha, kunduzi 22-27° dan 25-30° gacha o‘zgarib turadi.
